#kitobxonlik_haftaligi
#O‘zbekistonKitobxonlarYurti #KitobUlashishAksiyasi #TATUUrganch
📑 "O‘zbekiston – kitobxonlar yurti"
✅Bugun, 28-aprel kuni TATU Urganch filialida "O‘zbekiston – kitobxonlar yurti" shiori ostida o‘tkazilayotgan "Kitobxonlik haftaligi" doirasidagi uchrashuv muvaffaqiyatli yakunlandi.
🔖Tadbirda taniqli yozuvchi Shavkat Razzoqov tomonidan taqdim etilgan "Omad zinapoyalari", "Ko‘ngilning pinhona ko‘chalari", "Oila" va "Rahbarlik san’ati" kitoblari bo‘yicha qiziqarli suhbatlar o‘tkazildi.
🖌 Ustozning asarlari haqidagi fikrlar talabalarga yanada ko‘proq bilim va ilhom berdi.
🔶Shuningdek, "Bir kitob olib, bir kitob qo‘ying" aksiyasi davomida talabalar o‘zaro kitob almashishdi.
✏️ Barcha talabalarni kelgusida ham kitob o‘qishga, bilimga chanqoq bo‘lishga chaqiramiz!
🤩@ubtuit_official