#OchiqEshiklarKuni #YoshlarKelajagi
🎓 TATU Urganch filialida Ochiq eshiklar kuni!
✅2025-yil 26-aprel kuni yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish maqsadida TATU Urganch filialida ochiq eshiklar kuni tadbiri tashkil etildi.
📎Tadbir davomida Urganch shahridagi o‘rta-maxsus ta’lim muassasalari o‘quvchi yoshlari filial faoliyati, ta'lim yo‘nalishlari va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.
🔵Ochiq eshiklar kunida filialdagi zamonaviy laboratoriyalar, o‘quv binolari va talabalarga yaratilgan imkoniyatlar keng jamoatchilikka namoyish qilindi.
🟢Tadbirda jami 100 nafar yosh faol ishtirok etdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.
🔺 Kelajak kasblarini tanlashda har bir qadam muhim!
🤩@ubtuit_official