#profilaktika_kuni
✅2025-yil 8-martdagi “Ichki ishlar organlari hududiy bo‘linmalari rahbarlarini oliy ta’lim tashkilotlariga biriktirish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 15/11-sonli qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida talabalar bilan suhbat o'tkazildi.
✔️Xorazm viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshligʻi o‘rinbosari S.B.Yusupov filialga tashrif buyurdi.
✅Suhbat davomida talabalarga ta'qiqlangan saytlarga kirmaslik, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, ijtimoiy tarmoqlardagi firibgarlik, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish toʻgʻrisida tushunchalar hamda kerakli maʼlumotlar berildi.
🤩@ubtuit_official