#Umumjahon_pul_haftaligi
💠"Moliyaviy farovonlik sari" mavzusida treninglar o'tkazilmoqda
✅Bugun “Global Money Week” (Umumjahon pul haftaligi) doirasida yosh avlodning moliyaviy bilimlarini oshirish, ularni ongli moliyaviy qarorlar qabul qilishga o‘rgatish va iqtisodiy mustaqilligiga hissa qo‘shish maqsadida "Moliyaviy farovonlik sari" mavzusida trening tashkil etildi.
⬜️Treningda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Biznes va boshqaruv kafedrasi o‘qituvchisi M.Madraimova tomonidan ma'ruzalari tinglandi.
🟢Treningda filialning 2-bosqich talabalari ishtirok etishdi.
🔵Trening davomida quyidagi mavzular yuzasidan ma’lumotlar berildi:
Shaxsiy byudjetni to‘g‘ri yuritish;
Moliyaviy rejalashtirish va mablag‘ni tejash usullari;
Bank xizmatlari, kredit va omonatlarning turlari;
Moliyaviy xavfsizlik va firibgarlikdan himoyalanish yo‘llari.
🤩@ubtuit_official