⚡️Центробанк сохранил ключевую ставку на уровне 14% годовых
24 апреля 2025 года правление Центрального банка (ЦБ) приняло решение сохранить основную ставку на уровне 14,0% годовых.
В пресс-релизе регулятора
отмечается, что несмотря на снижение инфляционных ожиданий населения и бизнеса в марте вследствие улучшения обеспечения топливом и энергоресурсами, а также относительной стабильности обменного курса, они остаются выше текущих показателей инфляции.
По данным ЦБ, исчерпание первичного эффекта либерализации цен на энергоносители, проведённой в 2024 году произойдет к концу II квартала и будет иметь снижающее влияние на инфляцию.
🌐 Кроме того, ухудшение условий международной торговли повышает риск роста мировых потребительских цен, увеличения производственных издержек и усиления внешнего инфляционного давления.
📊 Согласно обновлённым прогнозам, к концу 2025 года уровень общей инфляции ожидается вблизи верхней границы прогнозного коридора 7–8%.
В I квартале экономический рост ускорился до 6,8% за счёт увеличения совокупного потребления и инвестиционной активности. Существенный рост трансграничных денежных переводов и ускорение темпов кредитования также поддерживают совокупный спрос, отмечают эксперты ЦБ.
📈 Ожидается, что за счёт высокой экономической активности продолжится тенденция роста ВВП в 2025 году и по итогам года составит около 6%. При этом частные инвестиции будут способствовать экономическому росту и расширению предложения товаров и услуг.
С начала 2025 года реальный эффективный обменный курс формируется в рамках своего среднесрочного тренда на фоне укрепления валют основных торговых партнёров и относительной стабильности курса сума по отношению к их валютам.
☑️Очередное заседание ЦБ по рассмотрению основной ставки назначено на 12 июня 2025 года.
—
⚡️Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14% darajasida saqlab qoldi
2025-yil 24-aprelda Markaziy bank (MB) boshqaruvi asosiy foiz stavkasini yillik 14,0% darajasida saqlab qolish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Regulyator press-relizida
ta’kidlanishicha, yoqilg‘i va energiya ta'minoti yaxshilanishi hamda almashuv kursining nisbatan barqaror shakllanishi ta'sirida aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari mart oyida pasaygan bo‘lsa-da, joriy inflyatsiya ko‘rsatkichlaridan yuqori darajada qolmoqda.
MB ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yildagi energiya narxlari erkinlashtirilishining birlamchi ta'siri II chorak yakunida tugab, umumiy inflyatsiya uchun pasaytiruvchi ta'sirga ega bo‘ladi.
🌐 Bundan tashqari, xalqaro savdo sharoitlarining yomonlashishi global iste'mol narxlari bilan bir qatorda ishlab chiqarish xarajatlarining ortishi va tashqi inflyatsion bosimlarning kuchayishi xavfini oshirmoqda.
📊 Yangilangan prognozlarga ko‘ra, 2025 yil yakuniga qadar umumiy inflyatsiya ko‘rsatkichi 7-8% lik prognoz koridorining yuqori chegarasiga yaqin darajada shakllanishi kutilmoqda.
I chorakda yalpi iste'mol va investision faollikning oshishi hisobiga iqtisodiy o‘sish 6,8% gacha tezlashdi. Transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmining yuqori o‘sishi hamda kreditlash sur'atlarining tezlashishi ham yalpi talabni qo‘llab-quvvatlamoqda.
📈 2025 yilda yuqori iqtisodiy faollik hisobiga yalpi ichki mahsulot o‘sishi tendensiyasi davom etib, yil yakunida 6% atrofida shakllanishi prognoz qilinmoqda. Bunda xususiy investisiyalar iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlovchi omil bo‘lib, tovar va xizmatlar taklifining ortishiga xizmat qiladi.
2025 yil boshidan asosiy savdo hamkorlar valyuta kurslarining mustahkamlanishi hamda so‘m almashuv kursining savdo hamkor davlatlar valyuta kurslariga nisbatan barqarorligi fonida real samarali almashuv kursi o‘zining o‘rta muddatli trendi doirasida shakllanmoqda.
☑️MBning asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishi 2025-yil 12-iyunga belgilandi.
📈 |
Чат |
Instagram |
LinkedIn |
Сайт