# JARAYON
Navoiy shahrida sayyor mehnat yarmarkasi tashkil etildi
🔰 Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tashabbusi bilan, Navoiy shahar hamda Karmana va Navbahor tumanlarining Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limlari hamkorligida Navoiy shahri hududida joylashgan ish beruvchi korxonalarda ishsiz fuqarolarni, jumladan, kambag'al oilalarning ishsiz a'zolarini ishga joylashtirish maqsadida sayyor mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
🔹 Mazkur tadbirda 100 ga yaqin ishsiz fuqarolar ishtiroki ta'minlandi. Jarayon davomida ishtirokchilar "Janub Sanoat Montaj" tekstil hamda "Tiancheng Stone" korxonalarida bo'lib, u yerda ish sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar. Sayyor yarmarka doirasida o'tkazilgan suhbatlar natijasida 23 nafar ishsiz fuqaro mazkur korxonalardagi bo'sh ish o'rinlariga ishga joylashtirildi.
🔸 Tadbir jarayonini Boshqarma boshlig'ining o'rinbosari Feruz Boboqulov, Shahar hokimining o‘rinbosari Nasiba Raximova kuzatib bordi. Ushbu tashabbus hududdagi bandlik darajasini oshirish va kambag'allikni kamaytirishga qaratilgan navbatdagi amaliy qadamlardan biri bo'ldi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
⬇️
Telegram
| Faceboo
k |Instagra
m |Youtube