Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
Qanday hollarda xodimning ruxsatisiz ish haqidan ushlab qolinadi?

👉soliqlar va yig‘imlarni undirish uchun;

👉sud qarorlarini va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish, shuningdek vakolatli organlarning qonuniy talablarini bajarish uchun;

👉ish haqi hisobiga berilgan bo‘nakni ushlab qolish, boshqa joydagi ishga ko‘chib o‘tganligi munosabati bilan xo‘jalik ehtiyojlariga, xizmat safarlariga berilgan, sarflanmagan va o‘z vaqtida qaytarilmagan bo‘nakni ushlab qolish uchun;

👉xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun, agar yetkazilgan zararning miqdori xodimning o‘rtacha oylik ish haqidan oshmasa;

👉ish beruvchi tomonidan xodimga qo‘llangan jarimani undirish uchun;

👉xodim qaysi ish yili hisobiga ta’til olib bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha yil tugaguniga qadar mehnat shartnomasi bekor qilinganda ta’tilning ishlab berilmagan kunlari uchun.

❗️Har bir to‘lov chog‘ida ish haqidan ushlab qolingan mablag‘larning umumiy summasi xodimga haqiqatda hisoblangan ish haqining 50 foizidan oshishi mumkin emas.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
04/23/2025, 17:08
t.me/navoiybandlikboshboshqarmasi/8697
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found