Oltinko‘l tajribasi o‘zi nima?
Bandlik vazirligi tomonidan aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish maqsadida Sadda mahallasidagi 5 gektar yer maydonida issiqxonalar tashkil etilgan.
Maʼlumot uchun, issiqxonada hozirda bulgʻor qalampiri ekilgan bo‘lib, 1 yilda 3 marotaba hosil olish hisobiga 1 ta oila oʻrtacha 150-200 mln soʻmgacha daromad topish imkoniyati mavjud.
Loyiha mazmuni jihatdan oʻquv-tajriba modeliga asoslangan boʻlib, lider tadbirkor biriktirgan holda 10 sotixdan 100 ta kambag‘al oilalarga 2 yil muddatga shartnoma asosida issiqxonadan foydalanish (ish oʻrganish), keyinchalik esa o‘z tomorqasi va boshqa yer maydonida olgan tajribasidan foydalanishi koʻzda tutilgan.
Bu ishlar kambagʻallik yuqori Ulugʻnor, Paxtaobod, Xoʻjaobod, Marhamat va Andijon tumanlarida ham yoʻlga qoʻyilishi belgilandi. Bunday zamonaviy issiqxonalarni namunaviy tashkil qilgan mahalla raislariga 100 foiz ustama beriladi.
Sayt |
Telegram |
Facebook |
Instagram |
Youtube