#tarbiyaviy_soat
💠 Ogahiy nomidagi ijod maktabining tarbiyachi-pedagoglari tomonidan barcha sinflarda O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligi munosabati bilan "Muhammad Yusuf sheʼrlarida vatan ta'rifi" mavzusida tarbiyaviy soat o‘tkazildi.
🔸 O‘nga yaqin she’riy to‘plamlar, yuzlab qo‘shiqlarning muallifi sifatida keng kitobxonlar qalbiga kirib ulgurgan shoir hayoti va ijodi haqida so‘z yuritildi.
➡️ Shuningdek, o‘quvchilar tomonidan shoir qalamiga mansub sheʼrlar o‘qib eshittirildi. Uning ijodi turfaligi, ayniqsa, sheʼrlari orasida vatan alohida o‘rin egallashi eʼtirof qilindi.
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉 |Telegra
m| |Facebook|
👉 |YouTub
e| |Instagram|