#Adabiy_tadbir
#Jarayon
SHOIR MUHAMMAD YUSUFNING 71 YILLIGI KENG NISHONLANDI
📅 Aprel oyining 25-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Oʻquvchi almashish dasturi" doirasida Ogahiy nomidagi ijod maktabi va Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari bilan birgalikda shoir O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligi munosabati bilan "Hamisha barhayot asl shoirlar" nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.
🔹Tadbirda maktab direktori v.v.b Nodirbek Abdullayev hafta davomida o‘tkazilgan jarayonlar, yangiliklar haqida so‘z yuritdi. Tadbir mehmonlari "Xiva tongi" gazetasi bosh muharriri Sherjon Masharipov va Xiva shahar axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan shoir xotirasiga iliq fikrlar bildirildi.
✳️ Shundan so‘ng Ogahiy nomidagi ijod maktabi va Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan ijod bo‘stoni, teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari, raqs va musiqiy chiqishlar, shoir Muhammad Yusuf xotirasiga bag‘ishlangan chiqishlar namoyish etildi.
❇️ Tadbir yakunida maktab ma'muriyati tomonidan o‘zining bilim-salohiyati, tashabbuskorligi, ijodiy tafakkuri, maktab doirasidagi loyihalarda faolligi uchun Muhammad Yusuf ijod maktabi ustoz va o‘quvchilariga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉 |Telegra
m| |Facebook|
👉 |YouTub
e| |Instagram|