🇺🇿Elchi va vatandoshlar uchrashuvi!
📅19-aprel kuni Busan shahrida O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Abdusalomov Alisher Azamjonovich vatandoshlar bilan uchrashdi.
🔥Uchrashuv davomida elchi janoblari vatandoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazib, ularning taklif va mulohazalarini tingladilar. Fikr almashish, hamjihatlikni mustahkamlash va kelajakdagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
💥Elchixona tomonidan tashkil etilgan osh bazmi esa barchaga iliq kayfiyat ulashdi!
✨Tashrif buyurgan barcha vatandoshlarimizga minnatdorchilik bildiramiz!
BUSA — kuch birlik
da!💪
Instag
ram | Teleg
ram | YouTube