Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
BU
BUSA
1 144 subscribers
1.6 k
#busa_news

Koreyada tarixiy kun: Prezidentga impichment rasman kuchga kirdi

4 aprel 2025

Bugun Janubiy Koreya Konstitutsiyaviy sudi prezident Yun Sok Yolni 3-dekabrdagi voqealarda konstitutsiyani buzgan deb topdi va uni muddatidan oldin vazifasidan ozod qildi. Natijaga ko‘ra, 8 ta sudyaning barchasi bir ovozdan (8:0) uni aybdor deb topdi.

Impichment sababi — 2024 yil 3 dekabrda u oppozitsiya nazoratidagi parlamentga qarshi harbiy holat e’lon qilgani va qonun chiqaruvchi hokimiyat faoliyatiga to‘sqinlik qilgani bo‘ldi. Shuningdek, u harbiylarga deputatlarni qo‘lga olish va qaror qabul qilishlariga to‘sqinlik qilish buyrug‘ini bergani aytilmoqda.

111 kun davom etgan sud jarayonidan so‘ng sud Yunning harakatlari konstitutsiyaga zid bo‘lganini tan oldi. Shu tariqa u mamlakat tarixida impichment asosida lavozimidan chetlatilgan ikkinchi prezident bo‘ldi (birinchisi – Pak Kin Xe).

Yangi prezidentlik saylovlari 60 kun ichida, taxminan 3 iyun kuni o‘tkaziladi.

BUSA — kuch birlikda!💪
Instagra
m | Telegram | YouTube
04/04/2025, 09:04
t.me/busa_uzb/1126
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found