Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
#Karyera_kuni
#BDU
#bandlik

Buxoro Davlat Universitetida “Karyera kuni” oʼtkazildi

Bugun Buxoro viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi hamkorligida Buxoro Davlat Universitetida anʼanaviy “Karyera kuni” tadbiri boʼlib oʼtdi. Tadbir doirasida oliy taʼlim muassasasi bitiruvchilari hamda viloyatdagi qator yetakchi tashkilot va korxonalar oʼrtasida samarali muloqot maydoni yaratildi.Tadbirda 20 dan ortiq korxona hamda tashkilotlar ishtirok etdi. Ular oʼz faoliyat yoʼnalishlari, mavjud boʼsh ish oʼrinlari hamda dasturlari haqida maʼlumotlar taqdim etishdi. Shuningdek, talabalar oʼz rezyumelarini topshirib, ish beruvchilar bilan toʼgʼridan-toʼgʼri muloqot qilish, savollariga javob olish imkoniyatiga ega boʼlishdi.
Bu kabi tadbirlarni muntazam oʼtkazish orqali- yosh mutaxassislarning bandligini taʼminlash va ularni ish bilan taʼminlashda koʼmaklashish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biridir.

Kanalga ulanish:✅
| Telegram | Veb sayt | Facebook |
04/25/2025, 13:41
t.me/buxoro_viloyat_bandlik_boshqarma/6796
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found