Siz bilan birga faoliyat yuritgan yillar davomida jamoamiz uchun namuna boʻlgan, oʻz ishiga masʼuliyat bilan yondashadigan, tashabbuskor va halol rahbar sifatida katta ehtirom qozondingiz.
Buxoro viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Ijara yer maydonlari va tomorqalardan samarali foydalanishni tashkil etish shoʻbasi mudiri sifatida amalga oshirgan samarali mehnatingiz, soha rivojiga qoʻshgan hissangiz va halol xizmatingiz yuksak bahoga sazovordir.
Siz rahbarlik qilgan vaqtda shoʻba faoliyatida amalga oshirilgan islohotlar, yangicha yondashuvlar va mahallalarda ijtimoiy faollikni kuchaytirishga qaratilgan tashabbuslar jamoamizda doim esda qoladi.
Yangi tayinlovingiz munosabati bilan Sizni chin qalbimizdan tabriklaymiz! Yangi ish joyingizda ham yanada ulkan muvaffaqiyatlarga erishishingizga, bilim va tajribangiz orqali yana koʻplab yutuqlarga erishishingizga ishonamiz.
Sizga mustahkam sogʻlik, bardavom kuch-gʻayrat, tinmas ilhom va faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!
Hurmat bilan,
Buxoro viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi jamoasi.