Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
Seminar Taassurotlari

Seminar barcha axborot xizmatlari rahbarlari va xodimlari kasbiy faoliyatida muhim bosqich bo‘ldi, samarali kommunikatsiya, media bilan ishlash va jamoatchilik bilan aloqalarni kuchaytirish borasida olgan bilimlarimiz va amaliy ko‘nikmalarimiz yanada boyidi.
Seminar davomida zamonaviy axborot siyosatini yuritish, tezkor va shaffof axborot tarqatish usullari, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar orqali samarali targ‘ibot olib borish bo‘yicha mutaxassislarning fikr va tajribalari bilan tanishdik. Ayniqsa, aniq misollar, mediametrika tahlillari va krizis vaziyatlarida kommunikatsiya uslublariga oid bo‘limlar juda foydali bo‘ldi.

Tadbir interaktiv ruhda o‘tdi. Bahs-munozaralar, guruhli topshiriqlar va real vaziyatlar asosida o‘rganish jarayoni seminarni yanada qiziqarli va mazmunli qildi.
Eng muhimi, bu seminar orqali biz — axborot xizmati rahbarlari — bir-birimiz bilan tajriba almashish, kelgusida hamkorlikni kuchaytirish imkoniyatiga ega bo‘ldik. Bu kabi tadbirlar axborot sohasida yagona yondashuvni shakllantirishga xizmat qiladi.

Kanalga ulanish:✅
| Telegram | Veb sayt | Facebook |
04/15/2025, 11:49
t.me/buxoro_viloyat_bandlik_boshqarma/6735
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found