RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoq sahifalarida fuqaro Saidqulova Gulshod, oʼgʼli Sodiqov Dilyorbek Yusupovichning Olot tuman “Qirlishon” MFY hududida qurilayotgan quyosh elektr stantsiyasi qurilish ishlarida ishlab, ish haqi toʼlab berilmaganligi mazmunidagi xabarlar tarqaldi. Buxoro viloyati Olot tumani Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik boʼlimi mehnat inspeksiyasi tomonidan ushbu mazmundagi xabar nazoratga olinib oʼrganildi.
Oʼrganish davomida D.Sodiqov “US-34 Qurulish Bashqarmasi” MChJ bilan 2025-yil 15-yanvar kuni muayyan muddatga mehnat shartnomasi tuzgan. Shartnoma tugash muddati 2025-yil 30-aprel kuni qilib belgilangan. Shartnomaning 4.1 bandida oylik ish haqi 4 000 000 soʼmga kelishilgan.
Fuqaro G.Saidqulova bilan murojaat yuzasidan suhbatlashilganda MChJ tomonidan oʼgʼli D.Sodiqovga 2025-yil yanvar oyi oylik ish haqlari toʼliq toʼlanganligi, fevral oyi uchun esa 2 150 000 soʼm toʼlab berilganligi aniqlandi. Murojaat yuzasidan “US-34 Qurulish Bashqarmasi” MChJ rahbari Joldasov Аybek Baxadirovich bilan telefon orqali bogʼlanib suhbatlashildi. MChJ rahbari 2025-yil 4-aprel kuni murojaat egasiga to'lanishi lozim bo'lgan oylik ish haqining qolgan qismi toʼliq toʼlab berilganini ma'lum qildi.
Buxoro viloyati kambagʼallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi axborot xizmati