Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
AOKAda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Axborot xizmati rahbari Gulnoza Alimova ishtirokida brifing bo‘lib o'tdi.

Mavzu: Aholi tomorqasi va ijara yerlarda ekin ekish ishlarini tashkil etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar.

💎Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi daromadini oshirish maqsadida hokim yordamchilari tavsiyasiga asosan tadbirkorlik qilish istagini bildirgan 92 ming nafar fuqaroga qariyb 1,5 trln soʻm miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi.    

💎Tomorqalardan samarali foydalanishni tashkil etish orqali aholi bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlarni yanada jadallashtirish maqsadida “dolzarb bir oylik” safarbarligi doirasida, hududlarga masʼullar biriktirildi.

💎478 ming gektar aholi tomorqalariga, 209 ming ijara yer maydonlariga “bahorgi” ekinlar ekilishi belgilandi.

💎Bundan tashqari, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan tajriba-sinov tariqasida  Oltinkoʻl tumani Sadda mahallasida 5 gektar, Baliqchi tumaniSarnavul mahallasida 5 gektar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonida yengil tipdagi issiqxona xoʻjaliklar tashkil etilmoqda.

💎Qurilayotgan issiqxonalar vaqtinchalik foydalanish sharti bilan 2 yil muddatga 10 sotixdan jami 100 ta “Kambagʻal oilalar reyestri”dagi fuqarolarga toʻrt tomonlama shartnoma asosida toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga berish koʻzda tutilgan.

📹
Видео | Аудио

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
04/09/2025, 19:06
t.me/buxoro_viloyat_bandlik_boshqarma/6705
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found