Oʼzbekistonda 8 yilda kambagʼallik darajasi 4 barobarga qisqardi.
Toshkentda boʼlib oʼtayotgan Parlamentlararo Ittifoqning 150-assambleyasida Prezident Shavkat Mirziyoev nutq soʼzlab, aholini ijtimoiy himoya qilish masalasiga alohida toʼxtaldi. Ijtimoiy himoya – har bir insonning huquqi. Ijtimoiy himoyani xalqaro meʼyor va standartlarga mos ravishda koʼrsatish lozim. Davlat rahbari buni alohida taʼkidladi.
Oʼzbekiston “ijtimoiy davlat” deb eʼlon qilingan. Аholini har tomonlama ijtimoiy himoya qilish siyosatimizning ustuvor yoʼnalishi. Bu yoʼnalishda koʼp ishlar qilinyapti. Masalan, “Kambagʼallikdan farovonlik sari” degan dastur amalga oshirilyapti. Oxirgi sakkiz yilda 7 milliondan ziyod aholi kambagʼallikdan chiqarildi. Kambagʼallik darajasi 35 foizdan 8,9 foizga tushirildi, yaʼni qariyb 4 barobarga qisqardi. Hali yana pasayadi, bu yil ushbu koʼrsatkich 6 foizga tushirilishi maqsad qilingan. Shu yil sentyabrda yurtimizda kambagʼallikni qisqartirishga bagʼishlangan xalqaro konferentsiya ham boʼlib oʼtadi. Oʼzbekiston davlati oʼz xalqini doim har tomonlama himoya qiladi. Harakat va mehnat qilgan odam boyib ketadi, davlat bunga barcha sharoitlarni yaratib beryapti.
Kanalga ulanish:✅
| Telegram | Veb sayt | Facebook |