#Xalqaro_hamkorlik
Bugun Ruminiyaning Sibiu shahrida joylashgan Luchian Blaga nomli universitet professor-oʻqituvchilarining Qarshi davlat texnika universitetidagi xizmat safari boshlandi.
Xorijlik mutaxassislar – “Biznes boshqaruvi, menejment va marketing” kafedrasi mudiri Budac Adriana Camelia hamda ushbu kafedra dotsenti Carolina Țimbalari dastlab QarDTU rektori vazifasini bajaruvchi Abror Murtazayev, ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Gʻulom Uzoqov bilan muloqot olib bordilar.
Suhbat davomida har ikki universitet boʻyicha maʼlumotlar almashildi, hamkorlik istiqbollari va imkoniyatlari muhokama qilindi. Taklif va mulohazalar bildirildi.
Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐
Website | 🗳
Facebook | 📱
InstagramQarDTU axborot xizmati ✍️