Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
4
19
1.2 k
#Mutolaa

QIZLARIMIZ O‘QISHSIN

Mayli, totli osh damlar,
Mayli, gilam to‘qishsin,
Lek eng avval, odamlar,
Qizlarimiz o‘qishsin!

Qarab qaddi-bo‘yiga,
Tushmang sepning o‘yiga,
Shoshmang hali to‘yiga,
Qizlarimiz o‘qishsin!

O‘n bo‘xcha kimxob bering,
Dunyolarni obbering...
Lek avval kitob bering,
Qizlarimiz o‘qishsin!

Sarpoga to‘lsin sandiq,
Tilloga to‘lsin sandiq,
Ziyoga to‘lsin sandiq,
Qizlarimiz o‘qishsin!

Demang: "o‘tyapti yoshi",
Demang: "palaxmon toshi",
Porlar tole quyoshi,
Qizlarimiz o‘qishsin!

Demang: "bunga yo‘l bo‘lsin?!"
Adab bilsin, til bilsin,
Dunyo bilsin, el bilsin,
Qizlarimiz o‘qishsin.

Imkon bering, bering vaqt,
So‘nib qolmasidan shaxd,
"Byudjet"mi yo "kontrakt",
Qizlarimiz o‘qishsin!

Kim u anov lab burgan?
E, gapirsin gapirgan,
"O‘qib, obberar qo‘rg‘on",
Qizlarimiz o‘qishsin!

So‘zi durga o‘xshaydi,
Izi nurga o‘xshaydi,
Tushgan joyi yashnaydi,
Qizlarimiz o‘qishsin!

Baxtin g‘amini yesak,
Aslim zo‘r bo‘lsin desak,
Naslim zo‘r bo‘lsin desak,
Qizlarimiz o‘qishsin!

Qo‘lin tutar hikmatning,
Yo‘lin ochar jannatning,
Ko‘zin ochar millatning,
Qizlarimiz o‘qishsin!

©️ Nuriddin Egamov

QarDTU axborot xizmati ✍️
04/28/2025, 16:11
t.me/qmi_instituti/32685
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found