Qarshi davlat texnika universiteti Neft-gaz va geologiya fakulteti talabalari tyutor A.Toshev, dotsent M.Gʻofurov hamrohligida Samarqand shahriga sayohat uyushtirdilar.
Sayohat davomida talabalar Registon maydoni va boshqa tarixiy obidalar bilan yaqindan tanishdilar. Koʻplab maʼlumotlarga ega boʻldilar. Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi prezidenti Islom Karimov qabrini, Hazrati Dovud qadamjosini ziyorat qildilar.