Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
#Muloqot

Energetika muhandisligi fakultetida “Favqulodda vaziyatlarda qanday harakat qilish kerak?” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Tadbirda fakultet rahbariyati, tyutorlar va talabalar ishtirok etdilar.

Xalqimizda “Oʻt balosidan, suv balosidan asrasin” degan gap bejiz aytilmagan. Suv toshqinlari, sellar, koʻchkilar, yuqumli kasalliklarning tarqalishi, zilzilalarning toʻsatdan sodir boʻlishi odamlarni sarosimaga soladi. Natijada aziyatdan chekkan kishilar soni ortadi.

Davra suhbatida viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yongʻinlar profilaktikasi boʻlimi boshligʻi, mayor F.Fatxullayev hamda katta leytenant H.Togʻayev tabiiy ofatlar, ularning turlari, sodir boʻlish sabablari, bunday paytda nimalarga eʼtibor qilish va qanday harakatlanish haqida tushuncha berdilar.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram

QarDTU axborot xizmati ✍️
04/25/2025, 21:54
t.me/qmi_instituti/32637
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found