#Xalqaro_hamkorlik
"Texnologik mashina va jihozlar" kafedrasida Erasmus+ dasturi orqali Polsha Respublikasining Gʻarbiy Pomor texnologiya universiteti Kimyoviy texnologiya muhandisligi fakulteti professori Beata Zelinska texnologik mashinalar va jihozlar bakalavr taʼlim yoʻnalishining 3-kurs talabalariga “Gaz-kimyo sohasi korxonalari jihozlari” fanidan maʼruza mashgʻulotlari olib bordi.
Maʼruza davomida talabalar dunyodagi va Polsha Respublikasidagi gaz-kimyo sohasi korxonalari jihozlari haqida juda kerakli va qiziqarli maʼlumotga ega boʻlishdi.
Polsha sanoat korxonalaridagi tabiiy gazni qayta ishlash texnika va texnologiyalari, kumush qazib olishdagi innovatsion texnologiyalar, po‘lat eritishda zamonaviy asbob-uskunalarni qoʻllash boʻyicha ham maʼlumotlar keltirildi.
Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐
Website | 🗳
Facebook | 📱
InstagramQarDTU axborot xizmati ✍️