#Qadriyat
Milliylik tilda, dilda, yurish-turishimizda, oʻy-xayolimizda, nutqimizda, libosimizda, ong-u shuurimizda... aks etadi. Xalqimiz bagʻrikenglikni, mehr-oqibatni har nedan ustun bilgan, savob ishni aziz qadriyat sanagan.
Bugun milliy qadriyatlar kunini Energetika muhandisligi fakulteti jamoasi – professor-oʻqituvchilar, tyutorlar va talaba-yoshlar Qarshi shahridagi “Nurli maskan”da, yaʼni viloyat 18-sonli koʻrish boʻyicha imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasasida nishonladilar. Bolajonlarga mehr va quvonch ulashdilar.
Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐
Website | 🗳
Facebook | 📱
InstagramQarDTU axborot xizmati ✍️