#Muloqot
Energetika muhandisligi fakulteti 2-talabalar turar joyida “Muhandislik oyligi” doirasida davra suhbati oʻtkazildi.
Tadbirda “Energetika muhandisligi” kafedrasi mudiri X.Davlonov, professor-oʻqituvchilar, TTJ masʼullari va talabalar ishtirok etdilar.
Qarshi davlat texnika universitetida “Muhandislik oyligi” munosabati bilan amalga oshirilgan ishlar eʼtirof etildi. Yosh olimlar tomonidan ilmiy ishlanmalarning taqdimotlari oʻtkazildi.
Professor-oʻqituvchilar yoshlar bilan muloqot davomida “yashil” energetikaning iqtisodiyot tarmoqlaridagi oʻrni, istiqbollari va uni aholi orasida yanada rivojlantirish boʻyicha mulohazalarini bildirdilar. Shuningdek, talabalar turar joyida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Yakunda davra suhbatida faol qatnashgan talabalar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐
Website | 🗳
Facebook | 📱
InstagramQarDTU axborot xizmati ✍️