Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
7
4
1.2 k
#Xalqaro_hamkorlik

Polshalik professor-oʻqituvchilar – Qarshi davlat texnika universitetida

Xalqaro loyihalar rejasiga asosan, Gʻarbiy Pomor texnologiya universiteti Kimyoviy texnologiya muhandisligi fakulteti professorlari Beata Zelinska, Yeva Miyovska hamda Lublin shahridagi Biznes va boshqaruv kolleji (WSPA) “Iqtisodiyot va sotsiologiya” kafedrasi dotsenti Maya Volnistaya universitetimizda xizmat safarini oʻtamoqdalar.

Xorijlik mutaxassislar dastlab ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Gʻulom Uzoqov bilan muloqot oʻtkazdilar. Suhbat davomida har ikki oliygoh uchun manfaatli boʻlgan muhim masalalar muhokama qilindi.

Soʻngra polshalik mehmonlarning iqtidorli talabalar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Tadbirda universitetlarning taʼlim yoʻnalishlari, grant dasturlari, shart-sharoitlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram

QarDTU axborot xizmati ✍️
04/25/2025, 12:14
t.me/qmi_instituti/32610
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found