#Faxr
Mahmutullayeva Sevinch Habibulla qizi – Qarshi davlat texnika universiteti Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti talabasi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Alisher Navoiy nomli davlat stipendiyalari sohibasi. Qashqadaryo viloyati hokimi tashabbusi bilan oʻtkazilgan istiqbolli IT loyihalar "Ideathon" koʻrik-tanlovi gʻolibasi.
Sevinch Mahmutullayeva "Oʻzbekistonning eksport salohiyatini rivojlantirishda logistika tizimlari" mavzusida ilmiy tadqiqot ishini olib bormoqda. 50 dan ortiq ilmiy maqolalari va tezislari respublika hamda xalqaro ilmiy jurnallarda eʼlon qilingan.
Bundan tashqari, Sevinch oʻz tengdoshlari va intiluvchan yoshlarning ilmiy tadqiqot ishlari bilan shugʻullanishlari, turli tanlovlarda ishtirok etishlari uchun o‘zining
telegram blogi orqali amaliy yordam koʻrsatib keladi.
Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐
Website | 🗳
Facebook | 📱
InstagramQarDTU axborot xizmati ✍️