⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabiga Parlamentlararo ittifoq Bosh kotibi Martin Chungong va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti sog‘liq xavfsizligi departamenti direktori Dr. Stella Chungong tashrif buyurdi.
✅Tashrif davomida mehmonlar maktabda yaratilgan zamonaviy taʼlim sharoitlari, jumladan, maktab hayoti, oʻquv va laboratoriya xonalari, kutubxona, oʻquvchilar turar joyi, maktab oshxonasi va boshqa mavjud shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.
➡️Shuningdek, mehmonlar maktabning turli yo’nalishlardagi eng ilg’or bilimlarini egallab kelayotgan bir qator faol o’quvchilar bilan bevosita muloqotga kirishib, ular erishayotgan yutuqlar va muvaffaqiyatlarni e'tirof etdilar.
📁Ma’lumot uchun, ushbu tashrif Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasi doirasida amalga oshirildi.
🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐
Telegram | 🌐
Instagram | 🌐
Facebook