Kitobxonlik tanlovining so'nggi saralash musobaqasi o'tkazildi.
⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabining 9-10-sinflari o'rtasida Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asari bo'yicha Kitobxonlik tanlovi bo'lib o'tdi.
➡️Musobaqa ishtirokchilari quyidagi shartlar asosida bellashdilar:
- tanishtiruv;
- asar syujeti yuzasidan savol - javoblar;
- sahna ko'rinishi;
- asar qahramonlarini topish.
➡️Qizg'in bahsda 10- "Green" sinfining "Yulduzli yo'llar" jamoasi g'olib bo'ldi va final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
✅Hakamlar hay'ati raisi sifatida taklif etilgan mehmon - Alisher Navoiy nomidagi O'zbek tili va adabiyoti universiteti professori Bahodir Karimov o'quvchilarning nafaqat bilimi, balki ijro mahorati ham tahsinga sazovor ekanligini alohida ta'kidlab o'tdi.
📚Kitobxonlik tanlovi davom etadi.
🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐
Telegram | 🌐
Instagram | 🌐
Facebook