Doktoranturadan monitoring natijalari bo‘yicha chetlatilgan yoki dissertatsiyasini muddatida himoya qilmagan shaxslar dissertatsiyasini tugatish va himoya qilish davrida mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirilishi mumkin. Ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasining ichki tartibi va qoidalarini buzganligi uchun o‘qishdan chetlatilgan shaxslar o‘qishga tiklanmaydi.