Birinchi yarim yillikdagi so'nggi imkoniyat: Chet tili imtihonlariga ro'yxatdan o'tish davom etmoqda
Ingliz, nemis, hindiy va turk tillaridan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari uchun ro'yxatga olish 26-aprelga qadar davom etadi.
💴 To‘lovlar 27-aprelgacha amalga oshirilishi lozim.
📆Ingliz, nemis va hindiy tillaridan test sinovlari 10-11-may kunlari o'tkazilsa, turk tilidan sinovlar 17-18-may kunlari bo'lib o'tadi.
👨🏻💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.
Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.
📌Ta’kidlash joizki, Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan e’lon qilingan 2025-yil 1-yarim yillik rejasiga ko‘ra, bu — davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonigacha o‘tkaziladigan so‘nggi chet tili imtihonidir.
@doktorantlarofficial
@doktorantlarofficial_group