⚡️ Kirish imtihonigacha milliy sertifikat olish istagida bo‘lganlar uchun so‘nggi imkoniyat: 6 ta fan bo‘yicha ro‘yxatga olish boshlandi
Bugun, 14-aprel kuni kimyo, fizika, tarix, biologiya, matematika va geografiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.
✅ Ro‘yxatga olish 20-aprelga qadar davom etadi.
💴 To‘lovlar esa 21-aprelgacha amalga oshirilishi mumkin.
✍️ Ushbu fanlar bo‘yicha test sinovlari 3-4-may kunlari o‘tkaziladi.
📱 Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshiriladi.
Ta’kidlash joizki, Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan e’lon qilingan 2025-yil 1-yarim yillik
rejasiga ko‘ra, bu — davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonigacha o‘tkaziladigan so‘nggi milliy sertifikat imtihonidir.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: 👉 https://my.gov.uz/uz/service/891
@doktorantlarofficial
@doktorantlarofficial_group