#Dissertatsiya_yozish_talabi
#PhD
#DSc
⭐️Falsafa doktori (Doctor of Philosophy) dissertatsiyasining asosiy qismi kamida uchta bobdan, fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasining asosiy qismi esa, kamida to‘rtta bobdan iborat bo‘lishi lozim.
⭐️Falsafa doktori (Doctor of Philosophy) dissertatsiyasining hajmi 60 varaqdan, fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasining hajmi esa, 100 varaqdan oshmasligi kerak (matn varaqning old va orqa tomoniga yoziladi). Ijtimoiy-gumanitar fanlar yo‘nalishidagi dissertatsiya hajmi ko‘pi bilan 30 foizga oshirilishi mumkin. Mundarija, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, shartli belgilar va atamalar ro‘yxati hamda ilovalar ko‘rsatilgan hajmga kiritilmaydi.
⭐️Dissertatsiya matni A4 formatdagi standart qog‘oz varag‘ining ikki tomonida joylashishi va qoida tariqasida, 1,5 qator oralig‘ida (“polutorniy”) yozilishi lozim. Har bir bet: yuqoridan va pastdan 2 sm; chapdan 3 sm; o‘ngdan 1,5 sm hoshiyaga ega; xatboshi 1,27 sm ga teng va
bir xilda bo‘lishi lozim.@doktorantlarofficial
@doktorantlarofficial_group