Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
TE
TEXNOPARK
1 812 subscribers
11
1.7 k
IIP’ni tekshirish va ishga tayyorligini baholash bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari

🏭 "ТEXNOPARK" MChJning individual issiqlik punktlari (IIP) ishlab chiqarish zavodida mutaxassislar (rahbarlar, muhandislar, texnologlar) uchun amaldagi IIP bo‘yicha texnik me’yoriy-huquqiy hujjatga kiritilgan o‘zgartirishlar yuzasidan qisqa muddatli o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Trening doirasida ishtirokchilarning IIP’ni tekshirish va ishga tayyorligini baholash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish ham ko‘zda tutilgan edi.

🔘 Texnik hujjatlarga kiritilgan o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan.

💼 O‘quv jarayonida ishtirokchilarga yangi me’yoriy hujjatlar, tekshirish mezonlari va ekspluatatsiyaga qabul qilish tartiblari haqida batafsil ma’lumot berildi. Ekspertlar o‘zlarining kasbiy ko‘nikmalarini interaktiv mashg‘ulotlar va amaliy misollar yordamida mustahkamlashdi. Shuningdek, ishtirokchilar faoliyat yuritayotgan IIP obyektiga tashrif buyurishdi. Trening yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

💬 Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, yangi talablar asosida ishlash orqali soha vakillari zamonaviy standartlarga javob beradigan ITP tizimlarini o‘rnatish va ekspluatatsiyaga topshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

P.S. 26.04 kuni TEXNOPARK’da Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi vakillari uchun alohida trening tashkil etiladi. Unda ishtirokchilarga IIP texnik parametrlari va energiya tejash sohasidagi iqtisodiy afzalliklari haqida batafsil ma’lumot beriladi.
_____________________

Обучение в области инспектирования и проверки готовности к работе ИТП

🏭 На заводе производстве индивидуальных тепловых пунктов (ИТП) ООО «ТEXNOPARK» проведено краткосрочное обучение специалистов (руководители, инженеры, технологи) с внесёнными изменениями в действующий технический нормативно-правовой акт об ИТП. В задачи тренинга также вошло дальнейшее совершенствование их знаний и навыков по проверке и оценке готовности ИТП к эксплуатации.

🔘Изменения тех.документации разработаны специалистами Министерства строительства и жилищно-коммунального обслуживания Республики Узбекистан.

💼В ходе обучения участники получили подробную информацию о новых нормативных документах, критериях проверок и процедурах ввода в эксплуатацию. Эксперты закрепили свои профессиональные навыки с помощью интерактивного обучения и практических примеров.
Участник посетили объект с действующим ИТП.
По итогам тренинга были вручены сертификаты.

💬По мнению экспертов, работая в соответствии с новыми требованиями, специалисты отрасли получат возможность устанавливать и вводить в эксплуатацию ИТП, соответствующие современным стандартам.

P.S. 26.04 в TEXNOPARK будет проведён тренинг для заинтересованных представителей Министерства строительства и жилищно-коммунального обслуживания. Их детально ознакомят с тех.параметрами ИТП, экономическими преимуществами в области энергосбережения.

📞 (95) 323-33-33
📞 (95) 325-55-55

Telegram | 📸Instagram | ✅Facebook | 🌍texnopark.uz
04/25/2025, 19:04
t.me/texnopark_uzz/5368
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found