#Chinoz_tumani
Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Xotira va qadrlash maydoni"da olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
Gullarga burkangan maydon, koʻzni quvnatuvchi manzaralar, ertangi bayram tadbiri uchun tayyorgarlik jadal surʼatlarda davom etmoqda.
Tuman hokimi mutasaddi tashkilot rahbarlariga ertangi, tadbirni yuksak saviyada oʻtkazish uchun barcha zarur tayyorgarliklarni koʻrish, bayramni munosib nishonlash hamda mehmonlar uchun qulay sharoit yaratish boʻyicha kerakli koʻrsatma va tavsiyalar berdi.
Xotira va qadrlash kuni - bu yurt tinchligi va ozodligi yoʻlida jon fido qilgan qahramonlarimiz xotirasini yod etish, ularning jasoratiga hurmat bajo keltirish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashga xizmat qiluvchi bebaho bayramdir.
Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|
Web site ||
Facebook|
Instagram|