#Chinoz_tumani
Joriy yilning 5-11-may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-maydagi PQ-158-son Qarori asosida O'zbekiston Respublikasi hududida seysmik xavfsizlikni ta'minlash, aholini zilzilada harakat qilish bo'yicha bilim va ko'nikmalarini oshirish maqsadida, "Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi" o‘tkazilmoqda.
Haftalik davomida tuman hududida joylashgan ishlab chiqarish va ijtimoiy soha obyektlarida, bozorlar hamda odamlar ommaviy yigʻiladigan maskanlarda zilziladan oldin, zilzila vaqtda va zilziladan keyin harakatlanish bo'yicha seminar, davra suhbatlari hamda amaliy oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilmoqda.
Ushbu tadbirlar davomida:
Zilzila boʻyicha tushunchalar berilib, maxsus videoroliklar namoyish etilmoqda.
Seysmik xavfsizlik qoidalari yuzasidan amaliy tavsiyalar berilmoqda
Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|
Web site ||
Facebook|
Instagram|