Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
4
1.0 k
#Chinoz_tumani

“Obod xonadon - obod mahalla - obod yurt” tamoyili Alisher Navoiy mahallasida o’z ifodasini topmoqda

Chinoz tumanidagi Alisher Navoiy mahallasida “Obod xonadon - obod mahalla - obod yurt” tamoyili asosida xonadonlar obodonlashtirilmoqda. Mahallabay, ko’chabay va xonadonbay o’rganishlar davomida o’z xonadonini obod qilgan, tomorqasidan unumli foydalanib kelgan mahalla faollari aniqlandi.

Mahalla faollari, mahalla deputati Mirsodiqov Mirsoat va imom xatibi Qosimov Hamza bilan birgalikda xonadonini ozoda, sarishta qilib, namunali xonadon egalari tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Ushbu tashabbus mahallani obod qilish, aholining turmush darajasini yaxshilash va atrof-muhitga g’amxo’rlik qilishga qaratilgan bo’lib, “Obod xonadon - obod mahalla - obod yurt” tamoyilining amaliy ifodasidir.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
05/06/2025, 07:31
t.me/chinozpressa/25988