#Chinoz_tumani
#Oʻrganish
Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov, tuman prokurori Gʻ.Abdusalomov, IIB boshligʻi O.Gʻanibekov va tuman DSI boshligʻi T.Ahmedovlar hamda boshqa mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan birgalikda "Xorazm tajribasi" boʻyicha "Gulzorobod" mahallasida boʻlib, yangi ish oʻrinlari yaratish, soliq tushumlarining qoʻshimcha zaxiralari va yashirin iqtisodiyotga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha oʻrganish ishlarini olib bordilar.
Mahallada ish oʻrinlarini koʻpaytirish, aholi bandligini taʼminlash va iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantirish maqsadida hududdagi mavjud resurslar, tadbirkorlikni rivojlantirish istiqbollari va investitsiya loyihalari muhokama qilindi.
Oʻrganish natijalari boʻyicha mutasaddi tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatilib, mavjud imkoniyatlardan toʻliq foydalanish, tadbirkorlik subʼektlariga koʻmaklashish va yangi ish oʻrinlari yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.