5 yil ish staji bor xotin-qizlar, 1-iyunga qadar ariza berishga ulgurib qoling!
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni Davlat oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibini tasdiqlash haqida” 2022-yil 9-iyundagi 322-son qarori tasdiqlangan.
Ba'tafsil:
https://gov.uz/oz/wcu/news/view/47927Bunga ko‘ra, 1-maydan 1-iyunga qadar mutaxassisligi bo‘yicha besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni Davlat oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga alohida qabul parametrlari doirasida tanlovda ishtirok etishi uchun tavsiyanoma olish maqsadida murojaat etgan talabgor xotin-qizlarning arizalarini
qabul qilish boshlanganligini ma'lum qilamiz.
Hujjatlarni topshirish uchun tuman hokimligi, mahalla xotin-qizlar faollariga murojaat qilishingiz mumkin!
Izoh: (Nizomda ko'rsatilgan hujjatlar bilan kelishingiz so'raladi)