Narkotik moddalari reklamasi haqida Telegram-bot orqali xabar berish mumkin
Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati bilan birgalikda @stopnarko_bot Telegram-boti ishga tushirilgan.
Ushbu bot orqali fuqarolar reklama joylashgan manzil haqidagi ma’lumot yoki uning lokatsiyasini botga yo‘llashi mumkin. Bunda ichki ishlar organlari xabardor qilinadi va reklama o‘chiriladi.