Rubl dunyoning barcha valutalarini ortda qoldirdi — Bloomberg
2025-yil boshidan beri rossiya rubli dollarga nisbatan eng kuchli mustahkamlangan valutaga aylandi. Rublning qurbi dollarga nisbatan 38 foizga o‘sdi, bu hatto dollarda baholanuvchi oltinning 23 foizlik o‘sishidan yuqori. Solishtirish uchun: shved kronasi 14 foiz, shveytsariya franki 11 foiz, kumush esa 12 foizga o‘z qiymatini oshirgan.