Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
KI
KIUT | Rasmiy kanal
38 196 subscribers
31
4
8.6 k
🇺🇿 Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (KIUT) Istanbulda EURIE 2025 doirasida bo‘lib o‘tgan birinchi bosqich muzokaralaridan so‘ng Maltaning YHANK Instituti delegatsiyasini samimiy qabul qildi.

Innovatsion va tez rivojlanayotgan Yevropa ta’lim muassasasi bo‘lgan YHANK Instituti zamonaviy ta’lim dasturlari va muvaffaqiyatga intilishi bilan diqqatga sazovor bo‘ldi.

Delegatsiya tarkibida taniqli Professor Piyetro Dipalo va Doktor Antonio Porsia kabi yetakchi mutaxassislar ishtirok etdi. Ular YHANK Instituti tomonidan taklif etilayotgan bakalavr dasturlarini, jumladan “Siyosiy xavfsizlik va xalqaro munosabatlar”, “Raqamli innovatsiyalar hamda barqaror rivojlanish uchun boshqaruv” va “Informatika” kabi yo‘nalishlarni taqdim etdilar.

🔗🇺🇿🇷🇺🇬🇧 www.kiut.uz
04/17/2025, 19:44
t.me/kiut_official/10963
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found