Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
7
3
1.1 k
#Universitet_ochiq_birinchiligi

🏆Sambo boʻyicha Universitet ochiq birinchiligi tashkil etildi

🤼‍♂️2025-yil 26-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida talaba-yoshlar oʻrtasida Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati tomonidan SAMBO sport turidan Universitet ochiq birinchiligi o‘tkazildi.

✅Taʼkidlash kerakki, mazkur musobaqa nafaqat universitet talabalari, balki Toshkent shahrida joylashgan bir qator sport maktabi o‘quvchilarini ham qamrab olib, unda jami 100 nafardan ortiq ishtirokchilar 64 kg , 71 kg, 79 kg, 88 kg hamda +98 kg vazn toifalarida o‘zaro kuch sinashdilar.

🏅📜Sambo yo‘nalishi talabalari uchun tom ma’noda mahorat va tajriba maydoni bo‘lib xizmat qilgan ushbu birinchilik yakunida g‘olib va sovrindorlarga diplom, medal va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Telegram
| Instagram | You Tube | Facebook | X
04/26/2025, 19:33
t.me/uzdjtsu_rasmiy/26716