“Qishloq joylarini barqaror rivojlantirish” loyihasi amalda
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-sentabrdagi “Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamarmasi ishtirokida “Qishloq joylarini barqaror rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida” gi PQ-5246-son qaroriga asosan Amudaryo tumani Arna bo‘yi mahallasi Pokizalik ko‘chasida 150 o‘rinli yangi zamonaviy shart-sharotilarga ega maktabgacha ta’lim tashkiloti bunyod etilmoqda.
Qurilish ishlari “Zamin qurilish trans servis” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan bo'lib, zamonaviy boqchaning qisqa fursatlarda foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.