Og‘zibirlik va hashar orqali yo‘llar obod bo‘lyapti
O‘zbekiston mahallasi aholisi uchun endilikda mahalladan katta yo‘lga chiqish avvalgidek mushkullik tug‘dirmaydi. Chunki xalqimizga xos fazilatlar – birdamlik, og‘zibirlik va o‘zaro hamjihatlik tufayli mavjud muammolar bosqichma-bosqich bartaraf etilyapti.
So‘nggi yillarda mahallada amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami kengaymoqda. Mazkur mahalla fuqarolar yig‘ini ma’muriy binosida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda 2,5 kilometr uzunlikdagi Boychechak ko‘chasidagi ichki yo‘lni hashar yo‘li bilan ta’mirlash masalasi muhokama etildi. Yig‘ilishda fermer xo‘jaliklari, tadbirkorlar va mahallaning faol fuqarolari faol ishtirok etishdi hamda jamoaviy mehnat orqali yo‘l ta’mirini amalga oshirishga kelishildi. Bu xalq tashabbusi asosida amalga oshirilayotgan muhim ishlardan biri bo‘ldi.
Batafsil: https://amunews.uz/news/10439
Telegram |
Instagram |
Facebook |
Sayt