Davlatimiz rahbarining “Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida butun mamlakatimiz bo'ylab keng ko'lamli qurilish ishlari amalga oshirilib, shahar va qishloqlar yangicha zamonaviy qiyofa kasb etmoqda.
Xususan, ushbu hujjat asosida Amudaryo tumani Olmazor mahallasining Birdamlik va Yangibog‘ ko‘chalari tutashgan hududda 120 o‘rinli maktabgacha ta'lim tashkiloti bunyod etilmoqda. Yangi boqchaning qurilish ishlari pudratchi tashkilot “Zamin qurilish trans servis” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda.