Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
PR
Amudarya.uz
9 983 subscribers
8
1.1 k
#gulchilik

Uyshin mahallasida yashovchi hamyurtimiz Omonboy Jalolov 15 yildan buyon gulchilik bilan shug‘ullanib keladi. Hamyurtimiz turmush o‘rtog‘i, farzandlari bilan birga 1 sotix yer maydonida tashkil etgan issiqxonada har yili gul ko‘chatlarini yetishtirishadi va yaxshi daromad olishadi.

Issiqxonada Qoraqalpog‘iston Respublikasi tabiatiga, iqlim sharoitiga mos bo‘lgan har xil turdagi gul ko‘chatlari yetishtiriladi. Shafran, petunya, katrandus, salviya kabi noyob gullar ko‘chatlari shular jumlasidandir. Yetishtirilgan ko‘chatlar Nukus shahri va respublikadagi barcha tumanlarga buyurtma asosida yetkazib beriladi.

Ta'kidlash joizki, davlatimiz rahbarining “Gulchilik va ko‘chatchilik sohalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori gulchilikni rivojlantirishda muhim dasturulamal bo’lmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
04/24/2025, 11:59
t.me/press_amuwdarya/24909
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found