Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
PR
Amudarya.uz
9 983 subscribers
9
1.2 k
#oramizdagi_odamlar
#Tomorqa_daromad_manbayi

Amudaryo tumani Oq oltin ovulida yashovchi Yangiboy Qurboniyozov o‘z tomorqasi imkoniyatlaridan samarali foydalanib, oilasi bilan farovon hayot kechirmoqda. Xonadonidagi 4 sotixli issiqxonada xorij navidagi kartoshka yetishtirilmoqda. Tomorqachi yaqin kunlarda hosilni yig‘ib, sabzi ekishni rejalashtirmoqda.

Bundan tashqari, 1 sotix maydonda ko‘chatxona tashkil etilgan bo‘lib, unda gullar, pomidor, karam va boshqa poliz mahsulotlari parvarish qilinadi. Issiqxonadan tashqari yana 4 sotix yerda karam va baqlajon yetishtirilayotgani yerga berilgan mehr va halol mehnat samarasi sifatida har yili 2-3 marta tomorqadan barqaror daromad keltirmoqda. Yetishtirilgan mahsulotlar mahalliy bozorlarda xaridorsiz qolmaydi.

Yangiboy Qurboniyozov xonadonida chorvachilik ham yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ekin-tekin, mevali daraxtlar, gullar va chorvachilik uyg‘unligida amalga oshirilayotgan mehnat o‘z barakasini bermoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
04/24/2025, 11:41
t.me/press_amuwdarya/24908
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found