Davlatimiz rahbarining “Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yangi qurilish va bunyodkorlik ishlariga asos bo‘lmoqda.
Qaror asosida Amudaryo tumanida “Islom taraqqiyot banki” va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 7 ta ijtimoiy soha obyektlari qad rostlamoqda. Ular 4 ta pudratchi tashkilot tomonidan barpo etilmoqda. Xususan, “Zamin qurilish trans servis” MCHJ tomonidan Farovon mahallasi hududida 90 o‘rinli maktabgacha ta'lim tashkiloti bunyod etilmoqda. Ayni kunlarda qurilish ishlari jadal sur'atlarda davom etmoqda.