Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
PR
Amudarya.uz
9 982 subscribers
9
1.2 k
Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida mahalla raisi saylovini o'tkazuvchi ishchi guruh raislari uchun o'quv seminari tashkil etildi.

Seminarda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo‘qorg’i Kengesining Mahalliy hokimiyat vakillik va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari hamda davlat organlarining ochiqligini ta’minlash masalalari qo‘mitasi raisi Sharapat Otemisov, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i Sag‘indiq Turmanov, uyushmaning tuman bo'limi boshlig'i Alisher Yo'ldashev ishtirok etdi.

Seminarda mahalla raisi saylovini o'tkazish tartibi, asosiy jihatlari, jarayonni to'g'ri tashkil etishda e'tibor qaratilishi lozim bo'lgan asosiy jihatlar xususida so'z yuritildi. Bu borada tumanda tashkil etilgan ishchi guruh mas'ullariga tegishli tavsiya va ko'rsatmalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
04/22/2025, 17:22
t.me/press_amuwdarya/24867
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found